» » Samarqanddagi tug‘ruqxonada yangi tug‘ilgan chaqaloq 4 kun och qolib ketgan. Kamiga tomiriga ukol qilinib, hatto ignasi ham olinmagan

Samarqanddagi tug‘ruqxonada yangi tug‘ilgan chaqaloq 4 kun och qolib ketgan. Kamiga tomiriga ukol qilinib, hatto ignasi ham olinmagan

29 сентябрь 2019, Воскресенье
198
1
Taniqli noshir va jurnalist Alisher Nazar Facebook’dagi sahifasiga “o‘ladi”ga chiqarilib uyiga qaytarib yuborilgan chaqaloq haqida post qoldirdi.

“O‘tgan hafta ukam og‘zi qulog‘ida Samarqanddan telefon qildi: qiz farzand ko‘ribdi. Qo‘shilib quvondik. Ertasi kuni xafa bo‘lib telefon qildi: chaqaloq yurak porogi bilan tug‘ilganmish... Sabr tiladik. Keyingi kuni vahima bilan telefon qildi: chaqaloq jonlantirish bo‘limida emish. Xudoga iltijo qildik. To‘rtinchi kuni yig‘lab telefon qildi: ‘aka, taqdir ekan, uzildi’ ”, — deb yozadi jurnalist.

Ma’lum bo‘lishicha, shifokorlar chaqaloq “uzog‘i bilan bir soatda o‘lishi”ni aytib, uni uyiga qaytarib yuborgan. Chaqaloq otasidan esa “bolamni og‘ir ahvolda o‘z xohishim bilan olib chiqib ketyapman”, deb tilxat yozdirib olingan.

Yurak porogi bilan tug‘ildi degan chaqaloq 4 kun shifoxonada bo‘lgan. Biror marta onasiga ko‘rsatilmagan, emizilmagan. To‘rtinchi kuni “baribir o‘ladi” deb, ota-onasining qo‘liga tutqazilib, uyga javob berib yuborilgan. Bola yarim yo‘lda “uzilgan”dek bo‘lgan. Otasi yig‘lab hammaga telefon qilib chiqqan. Ular uyga borguncha domla chaqirilgan, 2—3 kishi qabr qazishga kirishgan. Chaqaloqni ko‘mishga tayyorlayotganda kimdir bilinar-bilinmas tamshanganini ko‘rib qolgan. Shundan keyin chaqaloqning buvisi (85 yosh) tashabbusni qo‘lga olgan va o‘zining uslubida chaqaloqni “silkilab”, “tiriltirib” olgan.

Ta’kidlanishicha, bola och qolib ketgan. Shifokorlar chaqaloqning tomiriga ukol qilib, hatto ignasini ham olmagan.

“Keyingi paytlarda do‘xtirlarning kaltaklanayotganini eshitib hayron bo‘lgandim. Endi hammasi tushunarli! Darvoqe, chaqaloqning qulog‘iga azon aytib, ismini Imona qo‘yib keldik. Xudoga shukr, hozircha hammasi joyida”, — deb yozadi Alisher Nazar.

Комментарии:
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Жонибек 1 октября 2019 15:05
Умри узок бахти бутун булсин исми жисмига мос имони пок булсин
Нормативные документы, руководства, статьи, новости, опыт коллег
Всё об индивидуальном предпринимательстве © 2019